Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida tayanch doktorantlar va doktorantlar tomonidan “Ayolning ilm-fanda tutgan o‘rni” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori — universitet qoshidagi akademik litsey direktori Islombek Rustambekov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muxtabar Xusanova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisining o‘rinbosari Shahnoza Joldasova, universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Umida Xaydarova, Yosh olimlar kengashi raisi Liliya Achilova, tayanch doktorantlari va doktorantlari, talabalar ishtirok etdi. 

Davra suhbatida ayollarning jamiyat rivojida tutgan o‘rni, ularning ta’lim olish huquqi, ayol huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy hujjatlar, barcha sohalar, xususan, ilm-fanda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yurirtildi. 






So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar