Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Professional mediatorlarni tayyorlash kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazida professional mediatorlarni tayyorlash bo‘yicha tashkil etilgan navbatdagi o‘quv kurslari nihoyasiga yetdi.

38 nafar kurs tinglovchisi qatnashgan mashg‘ulotlar 8 nafar professional mediator va advokatlar, yuqori malakali huquqshunos va psixologlar tomonidan olib borildi.

40 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quv kurslarida dars mashg‘ulotlari bir vaqtning o‘zida bevosita va masofaviy ta’lim shaklida o‘tkazildi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan barcha bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, kursni muvaffaqiyatli tugatib maxsus sertifikatni qo‘lga kiritgan bitiruvchilar Professional mediatorlar reyestriga kiritilib, mustaqil mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.




So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar