Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun sayyor sud tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda nazariy bilimlarni huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun sayyor sud tashkil etildi. 

Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz ta’lim boshqarmasi hamda “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi sudyasi X. Parpiyev raisligida TDYUda o‘tkazilgan sayyor sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishi taraflarning yarashganlik munosabati bilan sudning ajrimiga asosan tugatildi.





image widget
So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar