Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Zulayho Asadova jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi Zulayho Asadova Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida “JIU-JITSU” bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi. 

Musobaqada 62 kg vazn toifasida ishtirok etgan Zulayho portugaliyalik jahon chempioni Vanes Machado va braziliyalik jahon chempioni Suzuki Fabiana ustidan g‘alaba qozonib, braziliyalik yana bir sportchi, 2 karra jahon chempioni Silva Polvanaga mag‘lubiyatga uchradi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

TDYU jamoasi Z.Asadovani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.





image widget
So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar