Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Mahorat va sayyor darslar haftalik dayjesti

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan mahorat va sayyor darslar, turli tadbir va loyihalarning dayjesti


1. TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan “Ayblov va himoya” moduli doirasida “Sud majlisida prokurorning ayblov nutqi taktikasi” mavzusi bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida sayyor dars tashkil etildi.



2. “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi o‘qituvchisi Feruzbek Xudaykulov tomonidan “Jinoyat huquqi” fani doirasida “Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’ati apellyatsiya instantsiya binosida tashkil etildi.



3.“Professor Baratov ilmiy maktabi doirasida Fuqarolik huquqi” modulidan “Bank xizmati shartnomalari” mavzusi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.



4. TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilnavoz Tadjibayeva tomonidan “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.



5. “Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.Mustafoyeva va O.Ametova tomonidan “Uzbek Leasing International A.O.” lizing kompaniyasi bilan hamkorlikda “Features of drafting lease contracts” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi. 



6. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi volontyor talabalari Yunusobod tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida bo‘lib o‘tgan sud protsessida ishtirok etdi.



7. “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Azizaxon Allanova tomonidan Jinoyat huquqi fani doirasida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay`ati apellyatsiya instantsiyasining binosida “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.



8. “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korruptsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi o‘qituvchisi Zayniddin Shamsiddinov tomonidan Jinoyat huquqi fani doirasida “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.



9. “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan LLM (Буюк Британия, Essex) bitiruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvining a’zosi, “MY LAWYER” yuridik firmasi hamkori, Toshkent davlat yuridik universiteti “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi katta o‘qituvchisi Jamshid Turdaliyev tomonidan “Advokat, tergov va prokuratura organlari xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.




10. TDYU “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Aziz Xo‘janazarov tashabbusi bilan “Davlat va huquq nazariyasi” modulidan mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni IIV Akademiyasi “Jinoyat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Akbar Rasulov olib bordi. 



11. TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘tkir Sapayev tomonidan “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida mahorat darsi tashkil etildi. “Huquqiy etika va professional javobgarlik” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotni Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi rahbari Mashrab Berdiqulov olib bordi.



12. TDYU professori, yuridik fanlari doktori Shuhrat Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida siyosiy partiyalar Markaziy kengashi a’zolari va mahalliy kengash deputatlari uchun “Siyosiy partiyalar faolligini oshirish va saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati” mavzusida tashkil etilgan seminarda “Kuzatuvchilar va siyosiy partiya vakolatli vakillarining huquqiy maqom” mavzusida ma’ruza qildi.



13. “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi mudiri Sardor Yusupov va kafedra o‘qituvchisi Javlon Zoilboyev tashabbusi bilan “G‘afur G‘ulom uy-muzeyi” ga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida talabalar adibning hayoti va ijodi bilan bog‘liq ibratli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.



14. “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh.Jo‘rayev, F.Salixova va Y.Saidazimov tomonidan Toshkent shahar va Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi binolarida sayyor dars shaklida sud jarayoni bilan tanishuv darsi tashkil etildi.




15. “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi mudiri Gulnora Nosirxodjayeva tomonidan “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida “Huquqiy etika va professional javobgarlik” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Rahim Obidov olib bordi.



16. “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi o‘qituvchisi Nosirjon Hojiyev tomonidan “Jinoyat huquqi” fani doirasida Xususiy huquq talabalari uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida, ochiq sud majlisida Akmal Yo‘ldashev raisligida “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat va ularga jazo tayinlash” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar