Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

1. TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari N.Niyozova, U.Po‘latova, A.Fattaxova tomonidan “Mehnat huquqi” yo‘nalishi magistratura bosqichi talabalari Alima Chegebaeva va Xumoyun Soyipov bilan birgalikda “Advokatning, tergov va prokuratura xodimlarining, sudyalarning kasbiy etikasi” mavzusida binar onlayn dars o‘tkazildi.



 2.  “Professor Baratov ilmiy maktabi” doirasida Farg‘ona davlat universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun “Huquq va iqtisodiyot: ularning birligi va o‘ziga xosligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.



 3. TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari R. Matenov va A. Fattaxova tomonidan “Huquqiy ko‘nikmalar va metodika” moduli doirasida Yunusobod tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sayyor dars tashkil etildi.



 4. TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Farxod Fazilov Xalqaro tarmoq institutlar ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan "Противодействие финансированию террористической и экстремистской деятельности" mavzusidagi dasturda ishtirok etdi va malaka oshirish haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.



 5. TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi katta oʻqituvchisi Botirjon Qosimov tashabbusi bilan “Konstitutsiyaviy huquq” moduli doirasida “Sud hokimiyati” mavzusida onlayn mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsini Yaponiyaning Nagoya universiteti tadqiqotchisi, Nagoya va Oʻzbekiston Doʻstlik jamiyati asoschisi va ijrochi direktori Bunyodbek Ibragimov olib bordi.

Mashg‘ulotda Oʻzbekiston Respublikasida sud boshqaruvi va sud hokimiyati mustaqilligiga doir masalalar muhokama etildi. 



6. TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchilari Maxmud Maxamatov va Jo‘rabek Rasulov tomonidan “Inson huquqlari monitoringi va inson huquqlari bo‘yicha hisobot protsedurasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

Ommaviy huquq” fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi Oybek Axmadov olib bordi.

Mashg‘ulot davomida inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar ijrosining xalqaro va milliy monitoringi, mamlakatimizning mazkur jarayondagi ishtiroki, Milliy markazning inson huquqlarini ta’minlash borasidagi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi.


7. TDYU o‘qituvchilari xalqaro anjumanda ishtirok etdi

TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Dildora Hoshimova, Nasiba Niyazova, Umida Po‘latova Toshkent shahridagi Yoju Texnika institutida bo‘lib o‘tgan “Innovatsion ta’lim: xalqaro tajriba, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Ular  “Tillarni o‘qitish tizimida innovatsiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza qildi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.



8. “INTELLECT“ mantiqiy viktorinasi bo‘lib o‘tdi

TDYU Axborot-resurs markazida “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi va TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida “INTELLECT“ mantiqiy viktorinasi tashkil etildi.

Unda 6ta guruh o‘zaro bellashdi va yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin: “Intense” jamoasi;

2-o‘rin: “Qizil armiya” jamoasi;

3-o‘rin: “Prokurorlar” jamoasi, “Leaders” jamoasi.



9. TDYU psixologi Hilola Mahmudova “Zamonaviy dunyoda shaxsning hayot trayektoriyalari: ijtimoiy va individual kontekst” I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada "Возможности применения Т-головоломки как методики для изучения индивидуального копинга” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.



 10TDYU “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari F.Salihova, Y.Saidazimov, A.Axrorov tomonidan “Ma’muriy huquq” va “Ma’muriy sud ish yurituvi” fanlari doirasida talabalar uchun Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudida sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Sayyor dars davomida talabalar sud jarayonida bevosita ishtirok etib, amaliyotdagi muammolar bilan tanishdi.



11. TDYU “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “Murojaatlar bilan ishlash: yangilik va o‘zgarishlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotda kafedra o‘qitivchisi Javlon Zoilboyev, “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lim boshlig‘i Islomjon Abdiraximov, bosh mutaxassis Ma'ruf Lukchayev hamda Elbek Iskandarov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, qonunchilikdagi yangiliklar haqida foydali ma'lumotlar berildi. 



12. TDYU ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha o‘qish imkoniyati xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan turli mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

Bundan tashqari, ZOOM platformasi orqali Yaponiyaning Nagoya Universiteti proffessor o‘qituvchilari tomonidan “Mehnat huquqi” fanidan “Mehnat shartnomalari” mavzusi doirasida interaktiv usulda onlayn mahorat darslari ham o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ikki davlat o‘rtasidagi mehnat munosabatlari borasida turli savollar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.



13. Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun TDYU “Jinoyat protsessual huquqi” kafedrasi hamda Uzluksiz ta’lim boshqarmasi hamkorligida sayyor sud majlisi tashkil etildi.

TDYUda bo‘lib o‘tgan sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi ish yurituvida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi sudya X.Parpiyev raisligida ko‘rib chiqildi.



14. Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy boshqarmasi tomonidan “Akademik harakatchanlik”, “Bo‘lajak olim” va “Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish” tanlovlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Anjumanda Shanxay dengiz universitetining doktoranti Sarvar Xalikov, Yosh olimlar kengashi raisi Liliya Achilova, universitetning tayanch doktorantlari va doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

Anjuman davomida ishtirokchilarga “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaror mohiyati, ushbu tanlovlarda qatnashuvchi shaxslar doirasi, tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar, talab qilinadigan hujjatlar, tanlov yo‘nalishlari, ilmiy g‘oya, ilmiy loyiha, startap loyiha, tanlov muddatlari, shartlari, stajirovka muddati bo‘yicha maʼlumot berildi.  


15. TDYU “Xususiy huquq” fakulteti talabalari G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga tashrif buyurdi.

Sayohat davomida talabalarga G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida maʼlumot berilib, muzey eksponatlari va adib istiqomat qilgan uy yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, uy-muzeyda talabalar tomonidan “G‘afur G‘ulom siz-la qalbimiz mag‘rur” mavzusida badiiy kecha o‘tkazildi.



16. “Professor Gulchehra To‘laganova ilmiy maktabi” doirasida sayyor sud protsessi tashkil etildi.

Sud majlisida JK 168–moddasining 1–qismi, hamda JK ning 169-moddasining 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining raisi Tolibjon Obidov raisligida ko‘rib chiqildi.

Mashg‘ulotda ilmiy maktab aʼzolari, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari hamda Toshkent shahar yuridik texnikumi  o‘quvchilari ishtirok etdi.



17. “Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish”

TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tomonidan “Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qator milliy va xorijiy mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Yakunda konferensiyada faol ishtirok etgan mutaxassislar sertifikatlar bilan taqdirlandi.



18. Talabalar Oliy sud Plenumlar zali va muzeyi bilan tanishdi

“Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tashabbusi bilan TDYUning Oliy suddagi “Amaliy huquqshunoslik” kafedrasida mahorat darsi tashkil etildi.

“Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotda Oliy sud sudyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati, Oliy sudning sudlar tizimidagi o‘rni hamda sudlar faoliyati yuzasidan qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgarishlar bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

 Mahorat darsi davomida talabalar Oliy sud Plenumlar zali va muzeyi bilan tanishdi.



19. TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti Akramjon Karimov tomonidan “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov bilan hamkorlikda “Huquqiy etika va yuristning kasbiy mas’uliyati: kazuslar tahlili” hamda “Advokat, tergov va prokuratura xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda “Xususiy huquq” va “Jinoiy odil sudlov” fakultetlari talabalari ishtirok etdi. 


20. Xalqaro reytinglarga kirishda “Elsevier” bilan hamkorlik qilinadi

TDYU va “Elsevier” kompaniyasi o'rtasida Universitetni xalqaro reytinglarga kiritish masalalariga oid hamkorlik konferensiya o'tkazildi.

Anjumanda TDYUning xalqaro reytinglar tomonidan tan olinishini rivojlantirish yo‘lidagi maqsad va vazifalar belgilandi hamda bu jarayonda “Elsevier” kompaniyasining analitik imkoniyatlaridan foydalanishga kelishib olindi. 



21. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida sayyor dars tashkil etildi.

TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilafruz Azimova va o‘qituvchi Jahongir Jo‘rayevlar tashabbusi bilan “Korporativ boshqaruv” moduli doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni oliy maktab professori, iqtisodiyot fanlari doktori Dilmurod Suyunov olib bordi.

Dars yakunida faol talabalar korporativ boshqaruvning amaliy ko‘nikmalariga oid darslik bilan taqdirlandi.



22. TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti Akramjon Karimov tomonidan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi psixolog-eksperti Ruxsora Iriskulova bilan hamkorlikda “Xususiy huquq” fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

“Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida “Huquqiy etika, professonal javobgarlik, adliya organlari xodimining kasbiy axloqi” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotni dotsent X.Azimov olib bordi.



23. Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar nomzodi Feruza Ibratova Rossiyaning nufuzli “Professional Science” tahririyatining hay’at a’zosi etib saylandi.



24. Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamkorligida "Jinoyat protsessida dastlabki eshituv: Rossiya va O‘zbekistonda huquqni qo‘llash amaliyoti muammolari" mavzusida onlayn ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar