Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Rossiyaning nufuzli universitetlaridan biri bilan hamkorlik o‘rnatdi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Rossiya Federatsiyasining Xalqlar do‘stligi universiteti o‘rtasida “Ilmiy va ta'lim sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi Kelishuv, “Talabalar almashinuvi to‘g‘risida”gi Memorandum va 2021-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Ishchi dastur” imzolandi.

Shu munosabat bilan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan marosimda TDYU rektori Rahimjon Xakimov, Rossiyaning Xalqlar do‘stligi universiteti rektori Oleg Yastrebov va oliy ta'lim muassasalarning ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda qayd etilganidek, universitetlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolangan mazkur hujjatlar mamlakatimizda yuridik ta'lim va fanni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

Ta’kidlash joiz, yuqorida imzolangan hujjatlarga ko‘ra endilikda ikki universitet o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bakalavriyat, magistratura va doktorantura darajasida qo‘shma ta'lim dasturlari va turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning xalqaro aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda birgalikda ishtirok etish hamda ilmiy maqola va adabiyotlarni hamkorlikda chop etish rejalashtirilgan. 

Jumladan, “Ishchi dastur”ga ko‘ra, bundan buyon universitetlar o‘rtasida har yili 5 nafargacha professor-o‘qituvchi va shuncha talaba hamda 1 nafar aspirant/doktorant almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, ilmiy adabiyotlar almashish loyihalari hamda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etiladi, ta’lim sifatini oshirish maqsadida universitet mutaxassislarining xizmat safarlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida bakalavr va magistratura darajasida ikki diplom taqdim etuvchi qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Ma’lumot uchun, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti 1960-yil 5-fevralda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda universitetida 472 ta ta’lim dasturi bo‘yicha 33 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet “QS Stars” xalqaro reytingining maksimal “5 yulduz” nomiga loyiq ko‘rilgan. 

Shuningdek, ta'lim muassasasi “UI GreenMetric World University Ranking” reytingida dunyo universitetlari o‘rtasida 38-o‘rinni egallaydi.

Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti QS World University Rankings reytingida dunyoning TOP-1000 universitetlar ichida 326-o‘rinni hamda yuridik fanlar reytingi bo‘yicha 200-o‘rinni egallab turibdi.



image widget
So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar