Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Huquqbuzarliklar profilaktikasi — amalda

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat sabablarini aniqlash va bartaraf etishning mahallabay tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

Toshkent davlat yuridik universiteti ishchi guruhi ham ushbu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli ishlarda faol ishtirok etmoqda. 

Xususan, universitet tomonidan ilmiy yondashuv asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish metodikasini yaratish maqsadida poytaxtimizning Mirobod va Yashnobod tumanlarida 25 nafar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi .

Ishchi guruh huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan hamkorlikda Yashnobod tumanidagi “Bayqo‘rg‘on” va “Kattaqo‘yliq” mahallalari, Mirobod tumanidagi “Sharof Rashidov”, “Inokobod” va “Fitrat” mahallalari aholisini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganib, ularning sabablarini o‘rganmoda. Shuningdek, mazkur mahallarda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan bu boradagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.









So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar