Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Mehrli yurak”dan mehrli loyiha

Mehr-muruvvat va saxovat insonning ziynatidir. Xalqimizda bu fazilatlar azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Muhtojlarga, boquvchisini yo‘qotganlarga ko‘maklashish, ularning og‘irini yengil qilish eng ezgu an’analarimizdandir. 

Muborak kunlarda xalqimizning ana shunday yuksak qadriyatlarini davom ettirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni yozildi. 

Universitet jamoasi tomonidan tashkil etilgan “Mehrli yurak” xayriya loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirga 50 nafarga yaqin “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘makka muhtoj va kam ta’minlangan oila vakillari taklif etildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar sahovat dasturxonidagi noz-ne’matlardan bahramand bo‘lishdi. Shuningdek, universitet talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘ngilochar dastur, ajoyib kuy-qo‘shiqlar ularga olam-olam quvonch ulashdi. 

Xayriya loyihasi doirasida har bir oilaga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. “Mehrli yurak” xayriya loyihasi davom etmoqda. 

Siz ham bizga qo‘shiling va muhtojlarga ko‘mak bering!









So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar