Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektori Rahimjon Xakimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida ishtirok etdi.

Yaqinda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida"gi qonunda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan majlisda R.Xakimov Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va olimlarini Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. 

Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud negizida “Amaliy konstitutsiyaviy huquq” kafedrasini va talabalar klubini tashkil etish, tizimli ravishda hamkorlikda turli izlanishlarni olib bo‘yicha o‘z takliflarini majlis ishtirokchilari e’tiboriga havola etdi. 

Majlis davomida yuqoridagi va boshqa qator taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rahbariyati bilan kelishuvga erishildi.


So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar