Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Turkmanistonning O‘zbekistondagi konsuli TDYU xodimini tanlovda muvaffaqiyatli ishtiroki uchun taqdirladi

Turkmanistonning O‘zbekistondagi konsuli Shamuxammet Muxamedov Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida TDYU rahbariyati va konsul o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakatda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, oliy ta’lim va yuridik sohaga bo‘lgan e’tibor xususida fikr-mulohaza almashildi.

Shu bilan birga, TDYUga turkman fuqarolarini jalb qilish, faol akademik almashinuv dasturlarini tadbiq qilish yuzasidan takliflar bildirildi.

Shundan so‘ng, konsul Turkmaniston Respublika Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan yosh mutaxassislar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro tanlovda 2-o‘rinni egallagan, TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Asal Jo‘rayevani mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklab, tanlov sertifikati va statuetkasini topshirdi.

Uchrashuv ishtirokchilari Turkmaniston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi va mamlakat doimiy betarafligining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlov talabalar va yosh olimlarning ilmiy salohiyati va izlanuvchanligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.









So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar