Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida 5 muhim tashabbus doirasida voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkazildi.

Kubok keskin va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Universitetning chaqqon va shijoatli sportchi yigit-qizlari chempion bo‘lishni maqsad qilganini yana bir bor namoyish etdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida universitetning “Ommaviy huquq” fakulteti jamoasi musobaqa kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin “Xususiy huquq” fakulteti jamoasiga, 3-o‘rin “Jinoiy odil sudlov” fakulteti jamoasiga nasib etdi. 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti jamoasi barcha jamoalardan ustun kelib, kubokni boshi uzra baland ko‘tardi. 2-o‘rin “Xususiy huquq” fakulteti jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni “Ommaviy huquq” fakulteti jamoasi egalladi. 

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, sport kiyimlari va sumkalari bilan taqdirlandi.










So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar