Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Ochiq eshiklar kuni”da 70 nafardan ziyod o‘quvchi universitetga tashrif buyurdi

Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yillik yubileyi munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. 

Tadbirda 70 nafardan ziyod maktab, akademik litsey va yuridik texnikumlar o‘quvchilari ishtirok etdi. 

Ularga universitet faoliyati, tarixi, o'quv-jarayonlari, talabalarning ijtimoiy hayoti haqida ma’umotlar berildi.

Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurganlar uchun volontyor talabalar tomonidan universitet binolari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, TDYU “Ochiq eshiklar kuni” har oyda ikki marta haftaning shanba kuni o‘tkaziladi. Tadbirlarning o‘tkazilish vaqti haqida universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ma’lumot beriladi.









So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar