Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari rahbarlari uchun intensiv seminar-treninglar tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari — yuridik texnikumlar direktorlari ishtirok etayotgan treningda yuridik texnikumlarda uch tomonlama yondashuv ya'ni "vazirlik-universitet-texnikum" tamoyili bo‘yicha o‘quv-metodik jarayonlarni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, ijro intizomiga rioya etish va murojaatlar bilan ishlash kabi qator masalalar yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda.

Mashg‘ulotlarni Adliya vazirligi ma’sul xodimlari, TDYU professor-o‘qituvchilari va Uzluksiz ta’lim boshqarmasining mutaxassislari olib bormoqda.


Seminar-trening 5 kun davom etadi.







So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar