Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU joylardagi Yuridik fakultetlarga ilmiy-uslubiy ko‘mak beradi

Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Namangan, Termiz universitetlari yuridik fakultetlari o‘quv reja va fan dasturlari (sillabuslar) tahlili hamda adabiyotlar bilan ta’minlangalik darajasi yuzasidan onlayn anjuman tashkil etildi. 

ZOOM platformasi orqali videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mas’ul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Namangan, Termiz universitetlari rektorlari, yuridik fakultetlari dekanlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Anjuman avvalida TDYU rektori Rahimjon Xakimov so‘z olib, Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasidayuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra Toshkent davlat yuridik universiteti “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilangani qayd etib, bu borada universitet tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Rektor qilinayotgan ishlarga qaramasdan yuridik fakultetlarda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, o‘quv rejalarini tuzish va amalga oshirish, yuridik kadrlarga saboq beruvchi pedagoglar salohiyatini oshirish bo‘yicha qator masalalar borligini ta’kidladi. 

Shuningdek, ishtirokchilarga yuridik fakultetlarning o‘quv reja va fan dasturlari (sillabuslar) hamda adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati tahlili hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassalarida ta’lim jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumot berildi. 

Ta’kidlanganidek, fakultetlarda kredit-modul tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, o‘quv rejalarining ayrim bandlari TDYU tomonidan taqdim qilingan namunaviy o‘quv rejasi bilan farq qilmoqda. Natijada ba’zi majburiy va tanlov fanlarining o‘quv soatlari qisqarib qolmoqda. 

Bundan tashqari, fakultetlardagi o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalari eskirgani tufayli ularni yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalariga almashtirish ehtiyoji tug‘ilmoqda. 

Anjuman davomida shu va boshqa muammolarni bartaraf etish, fakultetlar faoliyatini takomillashtirish, ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida qator taklif bildirildi. 

Xususan, TDYUda fakultetlarning rahbariyati va professor o‘qituvchilari uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, maqsadli magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish, shu vaqtgacha amalda bo‘lgan qator hujjatlarni kredit-modul tizimiga mos ravishda qayta ko‘rib chiqish, yuridik fakultetlarda saboq berayotgan pedagoglar salohiyatini va bilimini baholash va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus ekspertlar guruhini shakllantirish, yangi avlod darsliklari, adabiyotlari va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash, yuridik fakultetlar talabalarining masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish imkoniyatini yaratish va TDYU professor-o‘qituvchilarining ushbu fakultetlarda dars olib borishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 

Yakunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Adliya vazirliklari o‘rtasida yuridik fakultetlar faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi. 


Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi




So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar