Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti va Rossiyaning N.G.Chernishevskiy nomidagi Saratov davlat milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Shu munosabat bilan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan marosimda TDYU rektori Rahimjon Xakimov, Saratov davlat milliy tadqiqot universiteti rektori Aleksey Chumachenko va oliy ta’lim muassasalarning ma’sul xodimlari ishtirok etdi. 

Marosim avvalida ikki universitet rektorlari tomonidan mazkur memorandumning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ma’lumot berildi. 

Ta’kidlaganidek, ushbu hujjatning imzolanishi universitetlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, har ikki mamlakatda yuridik ta’lim va fanni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Memorandum orqali ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bakalavriyat, magistratura va doktorantura darajasida qo‘shma ta’lim dasturlari va turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tomonlarning xalqaro aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda birgalikda ishtirok etish hamda ilmiy maqola va adabiyotlarni hamkorlikda chop etish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, N.G.Chernishevskiy nomidagi Saratov davlat milliy tadqiqot universiteti 1909-yilda imperator Nikolay II buyrug‘iga binoan tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda universitetda 15 ta fakultet, 8 ta o‘quv instituti, 2 ta kollej, bir nechta ilmiy-tadqiqot va innovasion tuzilmalar mavjud bo‘lib, muassasada 25 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.





So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar