Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi Jessup xalqaro sud protsessi xalqaro tanlovida munosib ishtirok etdi

2021-yilda dunyoning 600 ga yaqin eng kuchli Jessup jamoalari qatnashgan Jessup xalqaro sud protsessi xalqaro tanlovi natijalari e’lon qilindi. 

Joriy yilda ushbu xalqaro tanlovda TDYU jamoasi ham munosib ishtirok etib, 2 ta xalqaro o‘rtoqlik va 4 ta global raundlarda dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, xususan, QS xalqaro reytingida kuchli 120 talikka kiruvchi 4 ta universitet jamoalari bilan bellashdi. 

Universitet jamoasi umumiy hisobda xalqaro musobaqaning yozma raundlarda 3 g‘alaba 1 mag‘lubiyat, og‘zaki raundlarida 1 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bilan musobaqani yakunladi. 

Ushbu ko‘rsatkich bilan TDYU jamoasi dunyo bo‘yicha 374-o‘rinni, MDH davlatlari jamoalari orasida 25-o‘rinni (74 jamoa), Markaziy Osiyo jamoalari o‘rtasida 3-o‘rinni (9 jamoa), mamlakatimiz jamoalari ichida 2-o‘rinni (4 jamoa) egalladi. 

Universitet jamoasi Jessup jamoasi a’zolari va murabbiylarini ushbu natijalar bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi musobaqalarda omad va muvaffaqiyat tilaydi.



So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar