Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Student Ambassadors” jamoasi faoliyat boshladi

Toshkent davlat yuridik universitetida yuksak axloqiy va diplomatik fazilatlarga ega, bir nechta xorijiy tillar va milliy huquq tizimini mukammal biladigan talabalardan iborat “Student Ambassadors” jamoasi tashkil etildi. 

Chet ellik sayyohlarni TDYUga jalb etish, xorijiy talabalarda o‘zbek jamiyati va madaniyatiga hurmatni uyg‘otish orqali dunyo hamjamiyatida yurtimiz va Toshkent davlat yuridik universitetga qiziqishni oshirish maqsadida tuzilgan ushbu jamoaga bakalavriat va magistratura talabalari a’zo bo‘lishi mumkin. 

Jamoa xorijliklarga milliy huquq tizimimiz haqida ma’lumot berish, ushbu tizimning o‘ziga xos jihatlarini dunyo bo‘ylab keng yoyish, o‘zbek jamiyati va madaniyatiga hurmatni uyg‘otuvchi, chet elliklarning TDYUga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi “Do you know Uzbekistan?” kabi turli tanlov va tadbirlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, jamoa a’zolari xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zbek yoshlari, professor-o‘qituvchilar va xorijlik talabalarga Toshkent davlat yuridik universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’limdagi islohotlar xususida ma’lumot berish hamda TDYUda tahsil olayotgan chet ellik yigit-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq turli muammolarini hal etishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. 

“Student Ambassadors” jamoasi a’zolari uchun maxsus ko‘krak nishoni taqdim etiladi hamda ular faoliyatini jamoatchilik va ixtiyoriylik asosida olib boradi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar