Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti


TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari M.Karimjonov, L.Raximqulova, A.Xakberdiyev, M.Xojabekov, N.Yusupov  Adliya vazirligi media markazi tomonidan fuqarolar murojaatlarida qayd etilgan mehnat qonunchiligiga oid muammolarga huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida suratga olinayotgan targ‘ibot roliklarini tayyorlashda ishtirok etdi.


 TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasining ilmiy maktabi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi katta tergovchisi Shoxrux Xalilov hamda Sherzod Qaxxorov ishtirokida “Jinoyatlarni tergov qilishning texnik taʼminoti” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotda maxsus Mobil tergov laboratoriya va undan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.



Toshkent viloyati yuridik texnikumida TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan G‘afur G‘ulom ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Unda kafedra professor-o‘qituvchilari N.Niyozova, R.Matenov, U.Pulatova va A.Fattaxova tomonidan G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi, universitetda uning merosini aholi va yoshlar orasida targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kafedrada faoliyat yuritayotgan “ЮриторЪ” to‘garagi faoliyati haqida ma'lumot berildi.



TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xalqaro arbitraj sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, Kanada advokatlar Assotsiatsiyasi a’zosi, “Legal writing Blog” yaratuvchisi Mariam Sears ishtirokida “Honing the writing skills with the help of Blogs” nomli mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida Mariam Sears tomonidan yozma nutqni shakllantirishda zamonaviy metodlar, rasmiy va norasmiy yozishmalarda tegishli atamalarining o‘rni, xalqaro nizolarni hal etish tartibi xususida ma’lumot berildi.



TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami chop etildi.

Mazkur to‘plam joriy yilning 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan shu nomdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarini o‘z ichiga olgan.

To‘plamda nashr etilgan maqolalar Google Scholar platformasida indekslanadi va ularga maxsus DOI raqami beriladi.



TDYU "Xorijiy tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Xaydarova Toshkentdagi Yoju Texnika instituti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Oliy ta’limda ingliz tilining roliga bag‘ishlangan anjumanda xorijiy va mahalliy mutaxassislar, olimlar qatnashid.

Konferensiyada U.Haydarova “There is no secret to success” mavzusida taqdimotni namoyish etdi va sertifikat bilan taqdirlandi.



TDYU “Jinoyat protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti va Volgograd davlat universiteti bilan hamkorlikda “Axborot jamiyati globallashuvi sharoitida jinoyatchilikka qarshi kurashish strategiyasi” mavzusida onlayn xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Unda TDYU talabalari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, tengdoshlari bilan fikr va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi.



TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nasiba Niyozova tashabbusi bilan magistrantlar uchun “Huquqiy fanlarni o‘qitish. Pedagogik amaliyot” fani doirasida “Yuridik OTMda zamonaviy pedagog kasbiy mahoratining o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni  Tojikiston davlat yuridik, biznes va siyosat universiteti “Sud huquqi va prokuratura nazorati” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi Alisher Muxitdinov olib bordi.

Dars davomida huquqning zamonaviy tendensiyalari, yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashda zamonaviy o‘qituvchi mahoratining o‘rni va pedagogik jarayonning psixologik xususiyatlari muhokama qilindi.


TDYU “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan “Chet tillar o‘qitish metodikasi hamda tarjimashunoslik nazariyasi” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.

 Anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekistan davlat jahon tillari universitetining metodika hamda tarjimashunoslik sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan professorlari ma’ruza qildi.

Davra suhbatida o‘qitishning zamonaviy metodlari hamda tarjimashunoslikning dolzarb muammolari muhokama qilindi.



TDYU “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Axborot-resurs markaziga umumiy ingliz tili va mutaxassislikka oid kitoblar sovg‘a qilindi.



TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi “kafedrasi tomonidan “Iqtisodiy protsessual qonunchilikni takomillashtirish (O‘zbekiston va Qozog‘iston qonunchiligi tahlili)” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy davra suhbati tashkil etildi.

2021-yilga mo‘ljallangan xalqaro reytinglar va indekslarni yaxshilash bo‘yicha tadqiqot rejasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda TDYU, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, Toshkent shahar prokuraturasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari, shuningdek, Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tinglovchilari ishtirok etdi.



TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari hamda “HI-TECH BANK” hamkorligida “Bank tizimida korrupsiyani oldini olish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.



TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi hamda universitet qoshidagi akademik litsey professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Anjuman davomida jinoyat-protsessual huquqiga doir o‘quv-qo‘llanma va darsliklar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.


Yunusobod tumani 5-maktab bitiruvchilari uchun TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. 

“Huquqiy bilim” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotda bitiruvchi o‘quvchilarga kafedra professor-o‘qituchilari muallifligida chop etilgan monografiya, risola, o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar sovg‘a qilindi.



TDYU qoshidagi Akademik litseyda “Jinoyat-prosessual huquqi va uning akademik litsey o‘quvchilari uchun ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

“Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda o‘quvchilarning mavzu yuzasidan berilgan savollariga javob qaytarildi.



So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar