Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektori aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. 

Shu munosabat bilan hududlarda aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish, saylovchilarga huquq va majburiyatlarini xususida ma’lumot berish maqsadida qator targ‘ibot tadbirlari va o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarda soha mutaxassislari ishtirok etib, aholiga foydali ma’lumotlarni berish bilan birga ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarmoqda. 

Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Xakimov ham Namangan viloyatida tashkil etilayotgan turli seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. 

Xususan, rektor Namangan davlat universitetida o‘tkazilgan treningda qatnashib, ishtirokchilarga joriy yilgi saylovlarni ochiq, shaffof va qonuniy tarzda o‘tkazish borasida qilinayotgan ishlar, Saylov kodeksi va uning vazifalari xususida ma’lumot berdi. 

Shuningdek, ishtirokchilarga saylov qonunchiligida belgilangan muhim normalarni aholiga yetkazish haqida tavsiyalar berildi. 

Bundan tashqari, R.Xakimov boshchiligidagi ishchi guruh To‘raqo‘rgon, Chust, Pop, Chortoq tumanlarida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari va seminar-treninglarda ishtirok etib, ishtirokchilarning saylov va saylov qonunchiligiga oid bilimini sinovdan o‘tkazdi.


Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram










image widget

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar