Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilinganlar qachon e’lon qilinadi?

Xabaringiz bor, 2021/2022-o‘quv yili uchun TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 20-avgustida o‘tkazildi.


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandiga muvofiq abituriyentlarning tanlov asosida talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risidagi ma’lumot test sinovlari to‘liq yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan so‘ng e’lon qilinishi nazarda tutilgan.


Shu bois, Davlat test markazi tomonidan test sinovlari natijalari Davlat komissiyasiga tegishli qaror qabul qilish uchun yuborilishi kutilmoqda. 


Davlat komissiyasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risdagi qaror qabul qilinganidan so‘ng abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilinadi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar