Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar universitetining talabalari TDYUga tashrif buyurdi

Tashrif davomida mehmonlar bilan universitet rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda TDYU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Islombek Rustambekov ishtirok etib, mehmonlarga universitetdagi o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng xorijlik talabalar va TDYUning iqtidorli talabalari o‘rtasida o‘zaro bilimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “TEDxTSUL” loyihasi o‘tkazildi.

Shuningdek, xorijlik talabalar uchun universitet bo‘ylab sayohat tashkil etildi.