Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Glazgo universiteti mas’ul dekani va bosh ofitseri bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi


Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan TDYU va Glazgo universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan ilk uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Glazgo universitetining Markaziy hamda Janubiy Osiyo bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas'ul dekani, professor Moyra Boland hamda Xalqaro aloqalar ofisining Bosh ofitseri Mark Stansfield, kafedra mas’ullari va TDYU bitiruvchisi, Glazgo Universiteti magistri Sayidkomil Ibodullayev ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Glazgo universiteti vakillari so‘z olib, TDYUda amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi hamda universitetlar hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Onlayn uchrashuv davomida taraflar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olib, bu borada tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Ma’lumot uchun: Glazgo universiteti Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “Yil universiteti” deb e’tirof etilgan bo‘lsa, QS Rankings – 2022 reytingida 73-o‘rinni egallagan. Hozirgi kunda TDYUning 2 nafar bitiruvchii mazkur oliy ta’lim muassasasida o‘qish imkonini qo‘lga kiritgan.