Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida o‘tkazilayotgan Talabalar festivalining to‘rtinchi kuni yakunlandi

Festivalning navbatdagi kuni “Paxtakor” sport majmuasida o‘tkazilgan yugurish marafoni bilan boshlandi.

TDYU talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan marafonda yigitlar 4 kilometr, qizlar esa 2 kilometr masofaga yugurishdi.

Yakunda yigitlar o‘rtasida Ixtiyor Xojiqulov, qizlar o‘rtasida Maftuna Tosheva birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek kunning ikkinchi qismida Talabalar festivali doirasidagi yana bir loyiha “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bellashuvda “Jinoiy odil sudlov” fakultetining “Noyob bolalar” jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Ommaviy huquq fakultetining “Ommaviy” jamoasiga, 3-o‘rin “Xususiy huquq” fakultetining “Parvoz” jamoasiga nasib etdi.

Marafon va ko‘rik-tanlov g‘oliblari 27-sentabrda bo‘lib o‘tadigan festivalning yopilish marosimida taqdirlanadi.


So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar