Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Alohida tartibda ish yuritish” mavzusida оnlayn mahorat darsi tashkil etildi

TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda “Alohida tartibda ish yuritish” mavzusida оnlayn mahorat darsi tashkil etildi. 

“Iqtisodiy protsessual huquqi” modulidan “Ommaviy huquq” fakultetining talabalari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotni Sudyalar oliy maktabi “Iqtisodiy huquq” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Malika Qalandarova olib bordi. 

Mahorat darsida talabalarga alohida tartibda ish yuritish tushunchasi va turlari, ularning iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa turlaridan asosiy farqli jihatlari, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash, bankrotlik, yo‘qolgan sud ishini va ijro ishini tiklash to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.




So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar