Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Юриспруденция” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnali

 “Юриспруденция” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida № 1140 guvohnoma berilgan. 

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy attestatsiya komissiyasi jurnallari ro‘yxatiga kiritilgan. 

Jurnalga mualliflar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tilida tayyorlangan maqolalar qabul qilinadi. 

Jurnal davriyligi – 2 oyda bir marta, yiliga 6 ta son. 

“Юриспруденция” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnalining asosiy maqsadi huquqiy sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, yuridik fanlarga oid nazariy va amaliy masalalarni yoritish, munozarali masalalarni muhokama qilish uchun professional maydon yaratishdir. 

Jurnal РИНЦ (еlibrary.ru) hamda КиберЛенинка (cyberleninka.ru) ma’lumotlar bazalariga joylashtiriladi hamda har bir soni va har bir maqola uchun alohida DOI raqamlar olinadi.