Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Rim huquqi” fanidan olimpiada o‘tkaziladi


Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan bilimlar bellashuvi 13-dekabr 17:00da boshlanadi.

Ikki bosqichda bo‘lib o‘tadigan olimpiadada “Xususiy huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning 1-bosqichida talabalar 6 kishidan iborat guruh tuzgan holda ishtirok etadi.

2-bosqichda esa, test-viktorina o‘tkazish orqali g‘oliblar aniqlanadi.

Olimpiada TDYU 3-bino 119-xonada bo‘lib o‘tadi.