Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Davlat xizmati” va “Iqtisodiy sohani ma’muriy-huquqiy tartibga solish. Ijtimoiy sohani ma'muriy-huquqiy tartibga solish” mavzularida mahorat darsi tashkil etiladi


Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” dasturi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotni Germaniyaning Maks Plank nomidagi qiyosiy va xalqaro ommaviy huquq instituti katta ilmiy xodimi Mattias Hartvig olib boradi.

Mahorat darsi 3-dekabr va 10-dekabrda 13:30dan boshlab ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi. Unda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/83393110267?pwd=TDREY2E4ejIrWFpZUDV6bHVUdkJjZz09