Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari 20-avgustda o‘tkaziladi

2021/2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari Toshkent shahridagi Botanika bog‘i hududida 2021 yilning 20-avgust kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.

Abituriyentlar imtihon kuni belgilangan joyga 18:00 dan kechikmasdan yetib kelishi shart hamda nazorat xizmati posti orqali pasporti (ID-kartasi) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kiritiladi.

Abituriyentning imtihonga uyali telefon, turli aloqa va telekommunikasiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi taqiqlanadi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari bir joyda to‘planishining oldini olish maqsadida alohida kutish joylari tashkil etilmaydi.

Shuning uchun, imtihonga abituriyentlarning o‘zi kelishi hamda ota-onalar va yaqinlari imtihon jarayonlarini onlayn rejimda kuzatib borishi tavsiya etiladi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar