Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUning chiqindilarni qayta ishlash siyosati

Toshkentdan chiquvchi maishiy chiqindilar miqdorining oʻsish surʼatlari yiliga taxminan 6%ni tashkil qilib, tezkor choralar koʻrilmasa, 15 yildan keyin chiqindilar hajmi ikki hissaga oshadi. Qilish lozim boʻlgan yagona narsa – chiqindilarni toʻliq qayta ishlash boʻlib, buni koʻplab yetakchi davlatlar tajribasi tasdiqlaydi. Bu chiqindilarni saralash bilan bogʻliq boʻlib, hozirda aholi tomonidan chiqindilarni turli rangdagi qutilarga saralashga qaratilgan sinov loyihalari amalda. Ushbu yoʻnalishda boshqa koʻplab tashabbuslar ham mavjud. Bugun biz organik chiqindilarni utilizatsiya qilish haqida soʻz yuritamiz.

Muammolardan biri – toʻkilgan xazonlarni utilizatsiya qilishdir. Qachondir ularni yoqib, havoni zaharlagan, keyin umumiy chiqindi toʻkish maydonlariga olib chiqishgan. Vaholanki, bu oʻgʻitlar olinishi uchun qimmatli xomashyodir. Poytaxtimizning Olmazor tuman obodonlashtirish boshqarmasi toʻkilgan barglarni maxsus kompost oʻrasida utilizatsiya qiladi – bu uzunligi 57 metr, eni – 17 metr va chuqurligi 5 metr boʻlgan ulkan oʻradir. Afsuski, barglar orasida fuqarolarimiz tomonidan piyodalar yoʻlaklari va yoʻl chekkalariga tashlangan begona chiqindilar bor boʻlib, oʻraning oʻzida barglardan plastik va qogʻozlarni olib tashlashga toʻgʻri keladi. Bu esa qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi.

Boshqa ijobiy misol: “Maxsustrans” DUK organik chiqindilarni qayta ishlashni boshladi. Green International kompaniyasi bilan bu boʻyicha ishlanmoqda. Buning uchun Toshkent yaqinida yer maydoni ajratilgan. “Maxsustrans” bu yerga bozorlar, umumiy ovqatlanish maskanlari va boshqa obyektlardan toʻplangan, saralangan organik chiqindilarni keltiradi. Bu yerda chiqindilar yana bir bora saralanib, somon yoki barglar va goʻngga qoʻshiladi hamda nemis texnologiyasi boʻyicha egatlarga terilib, 6 hafta davomida quritiladi. Egatlar Germaniyadan maxsus keltirilgan kombayn yordamida muntazam ravishda aralashtiriladi. Olti haftadan keyin mukammal oʻgʻit tayyor boʻladi.

Bogʻbonlar va fermerlar oʻz xoʻjaliklarida bunday tabiiy va ishonchli maxsulotdan foydalanishlari mumkin.

Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu faoliyatni qo‘llab quvvatlagan holda, “Maxsustrans” bilan bir necha shartnomalarni imloladi. Ushbu hamkorlik orqali TDYU yanada o‘zining faoliyatini BTMning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga muvofiq olib bormoqda.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar