Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU 2022/2023-oʻquv yili uchun moʻljallangan “Central Asian Legal Research Fellowship” tadqiqot dasturini eʼlon qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Markaziy Osiyo davlatlari qonunchiligiga qiziquvchi yoki shu yoʻnalishga ixtisoslashgan tadqiqotchilar uchun oʻz eshiklarini ochmoqda.

Bugungi kunda TDYU Markaziy Osiyoda tadqiqot markaziga aylanish uchun transformatsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda. “TSUL CALR Fellowship” hozirda dolzarb boʻlgan tadqiqot yoʻnalishlarini oʻtkazish uchun shu turdagi birinchi almashinuv dasturi boʻlib, uning maqsadi boshqa yuridik universitetlar va sohaga oid fanlarni oʻqituvchi tadqiqot markazlari bilan ilmiy hamjamiyat tarmogʻini yaratish, Markaziy Osiyo huquqshunoslari va ekspertlarini birlashtirish boʻyicha tadbirlarni tashkil etishdan iborat.

Almashinuv dasturining maqsadi – huquq nazariyasi, qonunchilik va huquqiy sohadagi innovatsiyalar masalalari boʻyicha hozirgi kundagi va kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarga alohida eʼtibor bergan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari qonunchiligi va huquqiy islohotlariga doir masalalar yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishdan iboratdir.

Muhim sanalar:
Qabul boshlanishi: 2022-yil 25-iyul
Qabul toʻxtatilishi: 2022-yil 25-sentyabr
Tanlov jarayonlari: 2022-yil 5-oktyabrgacha
Onlayn ishtirok etish: 2022-yil 5-oktyabrdan – 2023-yil 5-iyulgacha
Shaxsan ishtirok etish: 2023-yil 10-avgustdan – 2023-yil 20-avgustgacha

Dasturga ariza topshirish muddati va qabul talablarini quyidagi havola orqali topishingiz mumkin…