Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo'limi
Bo`lim haqida

Amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo‘limi

Bo‘lim quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi: 

  • Talabalarning amaliyoti, stajirovkasini tashkil etish.
  • Bitiruvchilarning bandligi va ularni monitoringini yuritish.
  • Bitiruvchi talabalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish va prognozlashtirish.
  • Amaliyot tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish, amaliyot klublari tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish.
  • Professor-o‘qituvchilar stajirovkasini tashkil qilish.
  • Universitet bitiruvchilari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va hamkorlik yuritish.
  • Karera kunlari va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar, suxbatlar tashkil etish.

Klublar to‘g‘risida ma’lumot:

  • “Adliya” talabalar klubi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018 yil 28 martdagi buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
  • “Bo‘lajak prokurorlar” klubi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining o‘rtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum asosida tashkil etilgan.
  • “Bo‘lajak advokatlar” klubi: O‘zbekiston Respublikasining Advokatlar palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida tuzilgan Memorandum asosida tuzilgan.
  • “Yosh qonunshunoslar” klubi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Direktorining 2018 yil 2 maydagi farmoyishi bilan tashkil etilgan.
  • “Bo‘lajak notariuslar klubi”: O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi va Toshkent dalat yuridik universiteti o‘rtasida 
    2020 yil 7 sentabrda imzolangan memorandum asosida tuzilgan.

Amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo‘limining faoliyati bilan Telegram messenjerida ochilgan kanal orqali tanishib borishingiz mumkin. https://t.me/Internshipandcareer

Ma’lumot uchun telefon: +998712336636 (Ichki:1033)

Bo‘lim boshlig‘i: Hakimov Komil Baxtiyarovich

Bo‘lim uslubchisi: Toshkenboeva Aziza Alisher qizi

Bo‘lim uslubchi-marketologi: Baynazarov Elmurod Erkinovich.