Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Tahririy-nashriyot bo‘limi
Bo`lim haqida

Toshkent davlat yuridik universitetining Tahririy-nashriyot bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda universitet Kengashining 2020 yil 21 maydagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Bizning vazifamiz:

Bo‘lim universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, talabalar tomonidan tayyorlangan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, o‘quv-uslubiy va boshqa materiallar hamda universitet davriy nashrlarini tahrir qilish va nashrga tayyorlash ishlarini bajaradi. Bundan tashqari, bo‘lim o‘z faoliyati doirasida “Yuridik fanlar axborotnomasi – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of law sciences” ilmiy-amaliy jurnali, “Yurisprudensiya” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnali, “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” ilmiy-amaliy, tahliliy jurnali hamda “TSUL Legal Report” xalqaro elektron ilmiy jurnallarini nashrga tayyorlaydi.

Bizning maqsadimiz:

Yurisprudensiya sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini yoritish bo‘limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu borada mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi materiallar tahrir qilinadi, sifatini yaxshilash va zamon talablariga moslashga e’tibor qaratiladi. 

Bizning xodimlarimiz:

Saloeva Hilola Ravshan qizi – Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i

Karimov Anvar Hakimovich – o‘zbek tili muharriri

Muhammadieva Fazilat Abdimurodovna – o‘zbek tili muharriri

Yarmolik Yekaterina Anatolevna – rus tili muharriri

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 3-o‘quv binosi, 229-, 233-xonalar.

Murojaat uchun telefonlar: 233-66-36, 1169 (ichki).

Elektron pochta: lawjournal@tsul.uz