Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi Toshkent davlat yuridik universitetidagi eng yosh va tashabbuskor boshqarmalardan biri hisoblanadi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasining asosiy maqsadi jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, markazlar va ilmiy tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish va talabalar almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yish orqali TDYuU ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro darajaga yetkazishdir.

 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

1) Xalqaro aloqalar bo‘limi;

2) Akademik mobillik bo‘limi.

 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasining asosiy maqsadlari:

 

Xalqaro aloqalar bo‘limining maqsadi:

ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro agentliklar, jamg‘armalar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash orqali TDYuUning ta’lim, ilmiy tadqiqot va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida xalqaro tashabbuslarini targ‘ib qilish hamda amalga oshirish;

TDYU talabalari uchun sifatli ta’lim dasturlari va xizmatlarini taqdim etish hamda xorijiy talabalarning universitet muhitiga moslashishiga ko‘maklashish;

TDYU talabalarining xalqaro stipendiyalar, grantlar va boshqa o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ogohligini oshirish;

ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish va o‘z vaqtida ommaga e'lon qilish;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, “Erasmus +”, USAID, KOICA, GIZ, DAAD dasturlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ajratiladigan moliyaviy ko‘mak va boshqa xizmatlardan maksimal darajada samarali foydalanishni ta’minlash.

 

Akademik mobillik bo‘limining maqsadi:

xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

talabalarning ikki tomonlama almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilarning “Erasmus +”, “UNICEN”, “Fullbright” va boshqa shu kabi dasturlarda ishtirokini muvofiqlashtirish hamda ularning ushbu dasturlar imkoniyatidan to‘liq foydalanishiga ko‘maklashish;

talabalar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning o‘quv, ilmiy va tadqiqot dasturlarida akademik mobilligini tashkil etish va boshqarish, shuningdek akademik almashinuv dasturlarida innovatsion vositalardan foydalanishni ta’minlash;

TDYU talabalari, professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarining hamkor universitetlar bilan joriy etilgan akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishiga yordam berish;

hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni samarali amalga oshirish;

akademik mobillik sifatini oshirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish;

TDYU kengashiga akademik mobillik xususiyatlari va uning Markaziy Osiyo ta’lim tizimi rivojiga ta’sirini oshirish  yuzasidan maslahatlar berish;

akademik mobillik dasturini kengaytirish yuzasidan so‘rovnomalar, seminar-treninglar, qo‘shma dasturlar va shu kabi boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

talaba va professor-o‘qituvchilarning akademik mobillik dasturida ishtirok etishi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va boshqalar yuzasidan maslahat va ko‘rsatmalar berish;

yozgi va qishki maktablar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish.

 

Boshqarmaning xalqaro hamkorlik doirasi:

Ayni paytda dunyodagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari, tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilgan. Ular orasida “Regional Dialogue” xalqaro tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-uslubiy markaz, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO), Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi, shuningdek “Yuridik klinikalarni rivojlantirish markazi” avtonom notijorat tashkiloti va boshqalar mavjud.

TDYU bugungi kunda Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi (International Association of Universities – IAU), Xalqaro yuridik maktablar assotsiatsiyasi (International Association of Law Schools – IALS), yevropa huquq fakultetlari assotsiatsiyasi (European Law Faculties Association – ELFA), Xalqaro universitetlar uyushmasi (Observatory Magna Charta Universitatum) va yevropa oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi (European Association of Institutions in Higher Education – EURASHE) to‘laqonli a’zoligiga qabul qilingan.

Bundan tashqari, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan huquq sohasida faoliyat yuritayotgan xorijlik taniqli mutaxassislar hamda xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Xorijlik ekspertlar nafaqat ta’lim jarayoniga, balki TDYU Yuridik klinikasi faoliyatiga ham jalb etilgan.

 

Bizning loyihalarimiz:

Markaziy Osiyo forumi;

Erasmuz+;

UNICEN;

Fullbright.

 

TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbir, musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Quvonarlisi, 2019 yilda TDYuU jamoasi yuridik universitet va fakultetlarning talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi.

 

Bizning xodimlarimiz:

 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i:

Yakubov Oybek Baxramovich

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari:

Muxamedov Odilbek Abdukaimovich – bosh mutaxassis;

Juraeva Asal Baxtiyevna – yetakchi mutaxassis;

Normuxammadiy Shaxrizoda Toxirovna – yetakchi mutaxassis.

 

Akademik mobillik bo‘limi xodimlari:

Jumaeva Mahliyo Baxriyevna – bosh mutaxassis;

Nishonova Kamola Xurshid qizi – yetakchi mutaxassis.

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi 210-xona.

Murojaat uchun telefon: 233-66-36 (1044)

Elektron pochta: international.tsul@tsul.uz