Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Babadjanov Atabek Davronbekovich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: magistraturaTSUL@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi


Kafedralar


Magistratura bo‘limi

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida” PQ–2932-son qaroriga asosan olib boriladi.

Magistratura bo‘limi universitetda yuridik ta’limning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlash jarayonini davlat ta’lim standartlari, asosiy o‘quv hujjatlari va ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etuvchi universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini universitetning tarkibiy bo‘linmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasida kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish muddatining davomiyligi bir yil.

Universitetda magistratura talabalariga quyidagi 8 ta mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berilаdi:

5А240101 – Advokatlik faoliyati; 

5А240102 – Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish; 

5А240107 – Sport huquqi;

5A240108 – Davlat boshqaruvi huquqi;

5A240110 – Biznes huquqi;

5A240115 – Mehnat huquqi;

5A240116 – Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti;

5A240127 – Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi.

Magistratura bo‘limi boshlig’i yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent vazifasini bajaruvchi Babadjanov Atabek Davronbekovich hisoblanadi.

Shuningdek, Magistratura bo‘limida uslubchi sifatida Meliboyev Quvondiq Lapasovich va Tursunova Sitora Anvar qizi faoliyat olib boradi.