Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Umarxanova Dildora Sharipxanovna
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: xalqarohuquq@tsul.uz
Qabul kunlari: Dushanba/Juma

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240100 – Yurisprudensiya: Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik)

Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047. 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun. 

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limi uchun alohida xaftalar ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-42 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiyasi (talabalar tanlovi asosida kompleks davlat imtihoni yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish) o‘tkaziladi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti

Shiorimiz: Primus Inter Pares (Tenglar orasida birinchi)

Bizning maqsadimiz:

Milliy va xalqaro huquq sohalarini rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi ilmiy va taʼlim markazi bo‘lishdir

Zamonaviy jamiyatda huquqshunoslik kasbining ahamiyatini hisobga olgan holda, fakultetning vazifasi huquqshunoslik va xalqaro huquq sohasida fundamental huquqiy bilimlar, yuksak madaniyat va axloqqa ega bo‘lgan, o‘z kasbining mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini tushunadigan, huquqqa chuqur hurmat bilan, huquqiy davlat qadriyatlariga, kasbiy etikaga, burch va masʼuliyat tuyg‘usiga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

“Xalqaro huquq va qiyosiy huquq” fakultetining asosiy vazifalari:

1. Xalqaro xususiy huquq, shu jumladan xalqaro arbitraj huquqini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash;

2. Yaponiya, Germaniya va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

3. Xorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tizimli asosda tashkil etish;

4. Konstitutsiyaviy, fuqarolik, maʼmuriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va huquqning boshqa sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti tarkibida quyidagi kafedralar mavjud:

– “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi;

– “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi;

– “Xorijiy tillar” kafedrasi;

Fakultet negizida xorijiy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qo‘shma tadqiqot, o‘quv-taʼlim va boshqa loyihalarni tashkil etish bo‘yicha maydon yaratilgan.

Shuningdek, fakultet tarkibida Regensburg universitetining (Germaniya Federativ Respublikasi) Nemis huquqi va qiyosiy huquqiy tadqiqotlar markazi va Nagoya universitetining (Yaponiya) Yapon huquqini tadqiqoq qilish markazi kabi xorijiy huquq tadqiqot markazlari mavjud.

Fakultetdagi o‘quv jarayoniga xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari faol jalb etilgan.

“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekanatida dekan, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, uslubchi hamda ish yurituvchi va dispetcherlar faoliyat olib boradi.


Umarxanova Dildora Sharipxanovna – fakultet dekani, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Ilmiy qiziqishlari sohasi: Xalqaro ommaviy huquq, xalqaro jinoyat huquqi, inson huquqlari, gender tengligi, xalqaro shartnomalar huquqi.

Olib boradigan modullari: Xalqaro jinoyat huquqi, Xalqaro huquq, Xalqaro shartnomalar huquqi.

Ilmiy faoliyatining yo‘nalishlari: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29.08.2017.Tar/Yu/I/S/24.01 raqamli ilmiy kengash ilmiy kotibi; hamda mazkur ilmiy kengash qoshidagi 12.00.10-Xalqaro huquq ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar) o‘tkaziladigan ilmiy seminar aʼzosi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash uchun “Huquqshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha Ekspert komissiyasi aʼzosi.

E-mail: dildora080@tsul.uz


Normatov Bekzod Akram o'gli – o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yuridik fanlar boyicha falsafa doktori (Phd)

Ilmiy qiziqishlari sohasi: Xalqaro moliya huquqi, Xalqaro soliq huquqi.

Olib boradigan modullari:  Xalqaro soliq huquqi, Moliya huquqi, Soliq huquqi.

Ilmiy faoliyatining yo‘nalishlari: TDYU 12.00.02- Konstitutsiyaviy huquq. Ma`muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo`yicha mustaqil izlanuvchi.

e-mail: b.normatov@tsul.uz


Hakimov Komil Baxtiyarovich – Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Ilmiy qiziqishlari sohasi: Jinoyat huquqi, Kriminologiya.

Olib boradigan modullari:  Jinoyat huquqi.

Ilmiy faoliyatining yo‘nalishlari: TDYU 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat -ijroiya huquqi ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi.

e-mail: k.hakimov@tsul.uz


“Xalqaro huquq va qiyosiy huquq” fakulteti dekanatining manzili:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35, o‘quv bino № 3, ikkinchi qavat.

Tel: 233-66-36 (ichki telefon 1089, 1130).