Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Kamalova Dildora G‘ayratovna
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: jinoiyodilsudlov@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240104 – Yurisprudensiya: Jinoiy-huquqiy faoliyat)

 Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun. 

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limga ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-37 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiya o‘tkaziladi. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yili 38-42 haftalarda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish bilan yakunlanadi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


“Jinoiy odil sudlov” fakulteti

TDYUJinoiy odil sudlov” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan.

Fakultet maqsadi jinoiy odil sudlovni amalga oshiradigan hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladigan professional yuridik kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

Fakultet shiori: Sudya – bu gapiruvchi qonun, qonun esa – tilsiz sudyadir.

Faoliyatning asosiy tamoyili – “Teng bilim, teng imkoniyatlar hamda aniq maqsadga yo‘naltirilganlik”.

Jinoiy odil sudlov fakultetining istiqboldagi rejalari quyidagilardir:

o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash;

yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, kafedralar ilmiy salohiyatini kuchaytirish;

zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan mustahkamlash;

xorijiy va milliy reyting indikatorlarini hisobga olgan holda taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;

talabalarga taʼlim berish va ularni kasbga yo‘naltirish uchun sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va boshqa tashkilotlar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Fakultetda dekan, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va ilmiy-innovatsion ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, metodist, o‘quv dispetcherlari va xizmatchilari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Jinoiy odil sudlov fakulteti tarkibiga quyidagi 5 ta kafedra kiradi:

“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi;

“Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi;

“Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi;

“Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi;

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi.


Kamalova Dildora G‘ayratovna – fakultet dekani
Ilmiy qiziqishlari sohasi: 

Jinoyat huquqi, kriminologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyat-ijroiya huquqi, advokatura, sudlar faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Ma’lumoti va ilmiy izlanishi:

Toshkent davlat yuridik universiteti huquq magistri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent vazifasini bajaruvchi

Ish tajribasi:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy boshqarmasining ish yurituvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi, Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.

Olib boradigan dars mashg‘ulotlari (modullar):

Advokatura

Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari va yutuqlari: 

30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 1 ta sharh, 25 tadan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etgan

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

dildora.gayratovna@tsul.uz 


Mamasobirov Davronbek Ernazarovich – dekan o‘rinbosari
Ilmiy qiziqishlari sohasi: 

Jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Ma’lumoti va ilmiy izlanishi:

12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

mamasobirovd@tsul.uz


Nodirov Muzaffar Axmad o‘g‘li Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi: 

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, dalillar nazariyasi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tezkor-qidiruv faoliyat

Ma’lumoti va ilmiy izlanishi:

12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha “Jinoyat protsessida voyaga yetmaganlarga nisbatan ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida PhD (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun ish olib bormoqda.

Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari va yutuqlari: 

25 ga yaqin o‘quv va ilmiy ishlar muallifi, 2 ta monografiya, 15 ta maqola, 2 ta risola, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etgan

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

muzaf89@tsul.uz


Imamaliyeva Diyora Imamali qizi – xalqaro hamkorlik va ilmiy-innovatsion faoliyat bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Xalqaro huquq, xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro investitsiya va tijorat arbitraji.


Ma’lumoti va ilmiy izlanishi:

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal qilish yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabasi.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

diyorachka1998@tsul.uz


Raxmanbayeva Muxabbat Abdullatifovna – dekanat dispetcheri

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat huquqi, kriminologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyat-ijroiya huquqi.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

muxabbat3090@tsul.uz


Abdusamadov Dilmurod Farhod o‘g‘li – uslubchi

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

abdusamadov033@tsul.uz


Meliqo‘ziyev Fazliddin Abdurasul o‘g‘li – uslubchi

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, biznes huquqi.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

fazliddinabdurasulugli@tsul.uz


Tolibjonov Hayotjon Murodovich – ish yurituvchi

Ilmiy qiziqishlari sohasi:

Jinoyat-huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

hayotjontolibjonov@tsul.uz⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠


Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi, 217-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1150 (ichki)

Elektron pochta manzili: criminaljusticefaculty@tsul.uz