Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Xodjayev Baxshillo Kamolovich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: Xususiyhuquq@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240105 – Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi)

Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047. 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun.

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limi uchun alohida xaftalar ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. 
O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-42 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiyasi (talabalar tanlovi asosida kompleks davlat imtihoni yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish) o‘tkaziladi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


“Xususiy huquq” fakulteti
“Xususiy huquq” fakulteti
TDYU “Xususiy huquq” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan.

Fakultet maqsadi aholi va tadbirkorlarga malakali yuridik yordam ko‘rsatishga tayyor professional kadrlarni shakllantirish,  xususiy huquq milliy maktabini xalqaro yuridik maydonga olib chiqish hisoblanadi.

Fakultet shiori: Investitsiyaning poydevori – taʼlim, biznesning tayanchi esa – raqobat va huquqdir.
Faoliyatning asosiy tamoyili – “Global ustuvorlik, huquqiy qadriyatlar va mahalliy rivojlanish”.

Xususiy huquq fakultetining istiqboldagi rejalari quyidagilardir:
Yevropa kredit sistemasi (ECTS – European Credit Transfer and Accumulation System) asosida taʼlim jarayonini yo‘lga qo‘yish va uni o‘quv jarayoniga amalda to‘liq tatbiq etish;
fakultet professor-o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borishiga bosqichma-bosqich tayyorlash;
xususiy huquq sohasida milliy huquq maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirishning samarali choralarini ko‘rish;
xorijiy va milliy reyting indikatorlarini hisobga olgan holda taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;
Uzbekistan Law Blog deb nomlangan fakultetning xalqaro miqyosdagi blogini yo‘lga qo‘yish;
Business Networking – talabalarning biznes hamjamiyati bilan aloqa o‘rnatishi va biznes muhiti bilan tanishishini taʼminlovchi loyihani yo‘lga qo‘yish;
bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish uchun Legal Business Couching treninglarini tashkil etish.
Fakultetda dekan, dekan o‘rinbosarlari, uslubchi, dispetcher va ish yurituvchilar faoliyat olib boradi.

Xususiy huquq fakulteti tarkibiga quyidagi 5 ta kafedra kiradi:

“Fuqarolik huquqi” kafedrasi;
“Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi;
“Biznes huquqi” kafedrasi;
“Mehnat huquqi” kafedrasi;
“Intellektual mulk huquqi” kafedrasi.
 
Xodjayev Baxshillo Kamolovich – fakultet dekani
Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Biznes huquqi, Raqobat huquqi, Telekommunikatsiyalar va reklama huquqi, Qiyosiy huquqshunoslik
Maʼlumoti va ilmiy izlanishi:
Toshkent davlat yuridik universiteti huquq magistri, yuridik fanlar nomzodi (PhD), Germaniyaning Maks Plank instituti tadqiqotchisi (visiting researcher), Yaponiyaning Nagoya universiteti huquq doktori (LLD)
Ish tajribasi:
Biznes huquqiga ixtisoslashgan advokatura advokati, hakamlik sudi sudyasi, konsalting firmasi bosh maslahatchisi, Nagoya universiteti professor yordamchisi (TA), Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.
Olib boradigan dars mashg‘ulotlari (modullar):
Biznes huquqi, Raqobat huquqi
Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari va yutuqlari:
Yaponiyaning Journal of Legal Studies (UJOLS) xalqaro onlayn jurnalining bosh muharriri o‘rinbosari;
TDYUU huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy seminar aʼzosi;
 “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti.
Bog‘lanish uchun elektron pochta manzili:

Xamraqulov Shavkatjon Salimovich
Xususiy huquq fakulteti dekani o'rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Mehnat huquqi, Konstitusiyaviy huquq.
Ma'lumoti va ilmiy izlanishi: Toshkent davlat yuridik universiteti. Huquq magistri.
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi. Hozirda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash shartnomasini tartibga solish masalalari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
Ish tajribasi: TDYU devonxona mudiri, Kadrlar bo'limi boshlig'i, TDYU o'qituvchisi, Kasaba uyushmalari Federasiyasi yuriskonsul
ьti, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi Kadrlar bo'limi boshlig'i, TDYU dekani lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.
Olib boradigan dars mashg'ulotlari (modullar):
Mehnat huquqi, Ijtimoiy ta'minot huquqi.

Bog'lanish uchun elektron pochta manzili:
shoh_ziyo.81@umail.uz
+998 90 0199543

Rahmatov Elyor Jumaboevich
Xususiy huquq fakul
teti dekanining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Bojxona huquqi, Konstitusiyaviy huquq, Biznes huquqi.

Ma'lumoti va ilmiy izlanishi: Toshkent davlat yuridik universiteti. Huquq magistri.
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi. Hozirda “Bojxona sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy - huquqiy asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.

Ish tajribasi: Advokat yordamchisi, Kamolot YoIH bosh mutaxassisi, TDYU o'qituvchisi, dekan o'rinbosari lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.

Olib boradigan dars mashg'ulotlari (modullar):
Biznes huquqi, Soliq huquqi
Ilmiy faoliyat yo'nalishlari va yutuqlari:
2014 yil “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni sohibi
2017 yil “Shuhrat” medali sohibi

Bog'lanish uchun elektron pochta manzili:
Gladus88@mail.ru
+998 90 610 87 77

Uralbaev Baxitbay Tenalbayevich
Xususiy huquq fakulteti ish yurituvchisi

Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Axborot texnolgiyalari, Fuqarolik huquqi.

Ma'lumoti va ilmiy izlanishi:
Nukus kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini bitirgan. Mutaxassisligi: dasturlovchi

Ish tajribasi:
Toshkent davlat yuridik universitetining 2-kurs dekanati ish yurituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini yuritgan.

+998 97 544 92 62
bakhituralbaev@gmail.com


Jo'raev Sherali Alisher o'g'li
Xususiy huquq fakulteti tyutori

Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, migrasiya huquqi, biznes huquqi

Ma'lumoti va ilmiy izlanishi:
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrni, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida magistraturani bitirgan

Ish tajribasi:

Bog'lanish uchun elektron pochta manzili:
sheralisher6797@mail.ru
+998906393134


Ochilov Shohruh Ravshan o'g'li
Xususiy huquq fakulteti tyutori

Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Biznes huquqi, Jinoyat prosessual huquqi, Fuqarolik huquqi.

Ma'lumoti va ilmiy izlanishi:
Toshkent davlat yuridik universitetini bitirgan.

Ish tajribasi:
TDYU rektorat bo'limida kotib-ish yurituvchi lavozimida ish faoliyatini olib borgan.

Bog'lanish uchun elektron pochta manzili:
shox941806@gmail.com
+998 90 175 72 45


Dehqonov Muslimjon Abdumalik o'g'li
Xususiy huquq fakulteti tyutori

Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Biznes huquqi, Intellektual mulk huquqi, Fuqarolik huquqi.

Ma'lumoti va ilmiy izlanishi:
Toshkent davlat yuridik universitetini bitirgan.

Ish tajribasi:
TDYU "Xorijiy tillar" kafedrasi va Xususiy xuquq fakultetida ish faoliyatini olib borgan.

Bog'lanish uchun elektron pochta manzili:
Muslimjon9345@gmail.com
+998 97 595 93 45