Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro xususiy huquq kafedrasi

 

Bizning maqsadimiz:  Xalqaro xususiy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablaridan biriga aylanish, xalqaro xususiy huquq va unga aloqador bo‘lgan modullar bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv materiallari yaratish va ulardan foydalanib taʼlim berish.

 

Bizning vazifalarimiz:

– xalqaro xususiy huquq sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;

– talabalarda o‘tiladigan fanlar to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

– talabalarda xalqaro xususiy  huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– yoshlarga mustaqil taʼlim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon yaratish;

– “Xalqaro xususiy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi yetuk soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

 

Bizning fanlar:

 

Kafedra tomonidan jami 30 ta fan o‘tiladi. Shundan 12 tasi bakalavr 18 tasi magistr fanlari hisoblanadi.

 

Bakalavriatda 12 ta fan:

 

Xalqaro xususiy huquq (Private International Law)

Xalqaro xususiy huquq (Private International Law)

Xalqaro tijorat arbitraji (International Commercial Arbitration)

 

Tanlov fanlar

 

Ingliz huquqi asoslari / Introduction to English Common Law  tanlov

Islom huquqi (xususiy huquq masalalari) / Islamic Private Law

Qiyosiy xususiy huquq / Comparative Private Law

Ingliz shartnoma huquqi (English Contract Law)

Xalqaro investitsiya huquqi (International Investment Law) tanlov

Xalqaro tijorat arbitraji (International Commercial Arbitration)

Xalqaro tijorat huquqi (International commercial law)

Xalqaro oila huquqi (International Family Law)

Xalqaro xususiy huquq (Private International Law)

 

Magistraturada 18 ta fan:

Xalqaro tijorat arbitraji (International Commercial Arbitration)

Xalqaro investitsiya arbitraji (International Investment arbitration)

Xalqaro investitsiya huquqi (International Investment Law) (Asosiy fan – Xalqaro tijorat huquqi )

Qiyosiy shartnoma huquqi (Comparative Contract Law)

Biznes huquqi

Xalqaro nizolarni hal qilishning muqobil usullari (ADR)

Sport bukmeykerlik va vositachilik faoliyatining huquqiy tartibga solinishi (Regulation of Sports betting and intermediaries‘ activities)

Yevropa Ittifoqi sport huquqi (EU sport law)

Sportdagi kelishilgan o‘yinlar (Match fixing in Sport)

Sport sohasidagi nizolarni ko‘rib chiqilishi (Dispute Resolution in Sport)

 

Tanlov fanlar

Ingliz shartnoma huquqi tanlov (English Contract Law)

Qiyosiy fuqarolik va savdo huquqi (Comparative Civil and Trade Law)

Xalqaro arbitrajda advokat ishtiroki (Representation in International Arbitration)

Xalqaro investitsiya huquqi (International Investment Law) (Tanlov fan – Biznes huquqi)

Erkin iqtisodiy zonalar huquqi (Free Economic Zones)

Xalqaro nizolarni hal etishda dalillar va ekspertlik faoliyati (Advocacy in International Dispute Resolution)

Qiyosiy shartnoma huquqi (Comparative contract law) (Tanlov fan – Mehnat huquqi, Intellektual mulk va a.h.,Advokatura, Xalqaro tijorat huquqi)

Xalqaro sport arbitrajlari (International sport arbitrations)

 

Ilmiy salohiyat

Kafedrada ayni paytda A.Ergashev “Xalqaro xususiy huquqda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, Sh.Ishmetova “Xalqaro savdo munosabatlari doirasida xalqaro mehnat taqsimotini huquqiy tartibga solinishi” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, M.Turdialiyev “Erkin iqtisodiy zonalarning bir turi sifatida xalqaro moliya markazlarini tashkil etish va ingliz huquqini joriy etish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, A.Akramov “Meros huquqida ishonchli boshqaruv (Trust)ni fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

A.Yakubov 2020-yil 11-noyabrda “Tashqi cavdo munocabatlarini huquqiy tartibga colishni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan.

Bugungi kunda kafedramizda uch nafar yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar (S.Gulyamov, I.Rustambekov, N.Rahmankulova), ikki nafar yuridik fanlar nomzodi (O.Narziyev, N.Imamova), bir nafar yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (S.Bozarov) 7 nafar xorijiy OTMlarda tahsil olgan o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

2020-2021-yillarda kafedramiz o‘qituvchilari tomonidan WoS va Scopus jurnallarida 5 ta, OAK jurnallarida 10 ta, xorijiy jurnallarda 15 ta maqola chop etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy jurnal va xalqaro konferensiya to‘plamlarida 2 ta maqola chop etilgan.

Shuningdek, kafedra tomonidan 2020-2021-yillarda 4 ta monografiya, 30 ta ilmiy maqola, 5 ta “Scopus”da maqola chop etilgan. Shuningdek, ushbu yillarda 1 ta xalqaro, 5 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.

 

Bizning dastur va loyihalarimiz:

 

Yuridik fanlari doktori, professor I.Rustambekov rahbarligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 200,000 yevro miqdoridagi grant bo‘yicha hamkorlik qilish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha mavzusi: “Содействие развитию международного частного права и права собственности в Республике Узбекистан” Amalga oshirish muddati: 24 oy (2020-2021).

 

I.Rustambekov rahbarligidagi 2018-2020-yillarga moljallanganOzbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitrajining huquqiy asoslari va faoliyatini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalarimavzusidagi amaliy loyiha ham amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihaOzbekistonda nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini takomillashtirish (Mediatsiya)” hamdaHuquqiy texnologiyalarni huquqni qollash amaliyotiga joriy etishloyiha rejalaridan iborat.

 

Kafedra qoshida quyidagi ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritadi:

“Xalqaro xususiy huquq yosh olimlari”. To‘garak talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb etish, ilmiy tadqiqot olib borish ishtiyoqiga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. To‘garak aʼzolari soni 30 nafar. https://t.me/XTHyoshnazariyotchilari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari musobaqasi (FDI) tayyorlov bo‘yicha ilmiy to‘garak. To‘garak talabalarni FDI Mootda ishtirok etishga tayyorlash hamda ushbu musobaqada sovrinli o‘rinlardan birini egallashi uchun ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishi asosiy maqsad qilingan. To‘garak aʼzolari soni 8 nafar.

VILLEM S.VIS nomidagi xalqaro arbitraj musobaqasi (vis moot) bo‘yicha ilmiy to‘garak. To‘garakdan ko‘zlangan maqsad talabalarni VIS MOOTda ishtirok etishga tayyorlash hamda ularning ushbu tanlovda sovrinli o‘rinlar olishiga erishish hisoblanadi. To‘garak aʼzolari soni 280 nafar. https://t.me/vismoot

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor va 2 nafar katta o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda soha mutaxassislari va dunyoning yetuk olimlari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.

Kafedramiz o‘qituvchilari 6 ta darslik, 4 ta monografiya va 12 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.

Shuningdek, 5 nafar mustaqil izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.


Bizning xodimlarimiz: 


Bozarov Sardor Sohibjonovich –  kafedra mudiri , falsafa doktori


Narziyev Otabek Sa’diyevich –  Dotsent v.b.


Rustambekov Islombek Rustambekovich – professor


Gulyamov Said Saidoaxrarovich – professor


Ergashev Azamat Ergashevich – katta o‘qituvchi


Akramov Akmaljon Anvarjon o‘g‘li – o‘qituvchi


Mamanazarov Sardor Shuxratovich – o‘qituvchi


Ishmetova Shaxida Xasanovna – o‘qituvchi


Yulduz Axtamovna Axtamova - o‘qituvchi


Xodjimurotov Sherzod Abdakimovich – o‘qituvchi


Mirzaraimov Baxodir Toxirovich – o‘qituvchi


Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘li – o‘qituvchi


Rahmonqulova Nilufar Hoji-Akbarovna – o’qituvchi


Imamova Dilfuza Ismailovna – Dotsent v.b.


Kimsanov Diyorbek Ma’murjon o’g’li – o’qituvchi


Rashidov Komil Qayumovich – Y.F.D professor


Yakubov Axtam Nusratiloyevich - o‘qituvchi


Fayzullayeva Shahzoda Dadajon qizi – o’qituvchi


Fayzulloyev Shohijahon Jobirovich – o’qituvchi


Valeev Artur Mahmudovich – o’qituvchi


Qayumov Farruh Tolibjonovich – o’qituvchi


Izox Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar haqida ma'lumotlarni kafedraning telegram kanalidan ham olishingiz mumkin.  Telegram kanali Linki:@ xalqaro_xususiy_huquq


2020/2021 o’quv yili bahorgi semestri davomida Xalqaro xususiy huquq kafedrasining pedagog-xodimlar tomonidan talabalarni qabul qilish jadvali


T/r

O’qituvchining F.I.SH.

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Жума

1.        

Bozarov Sardor Sohibjonovich

 

10:00-12:00

 

 

 

2.        

Narziyev Otabek Sa’diyevich

 

 

15:00-17:00

 

 

3.        

Akramov Akmaljon Anvarjon o‘g‘li

10:00-12:00

 

 

 

 

4.        

Mamanazarov Sardor Shuxratovich

 

 

 

15:00-1700

 

5.        

Xodjimurotov Sherzod Abdakimovich

15:00-17:00

 

 

 

 

6.        

Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘li

 

 

 

 

10:00-12:00

7.        

Yulduz Axtamovna Axtamova

 

15:00-17:00

 

 

 

8.        

Mirzaraimov Baxodir Toxirovich

 

 

10:00-12:00

 

 

9.        

Fayzulloyev Shohijahon Jobirovich

 

 

 

10:00-12:00

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 120-xona

Murojaat uchun telefon raqami: tel: 233-66-36, 1074 (ichki)

Elektron pochta: ipl@tsul.uz