Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi

 

Shiorimiz: Kurashish, izlash, izni topish va qo‘lga olish

 

Bizning maqsadimiz:

Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi 3 yo‘nalish: “Kriminalistika”, “Sud ekspertizasi”, “Tezkor-qidiruv faoliyat” bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Biz mamlakatimizda kriminalistika va sud ekspertizasi sohasini to‘laqonli tadqiq etish, bu boradagi xalqaro tajribani o‘rganish, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni egallashi uchun sharoit yaratishga intilamiz. Shuning uchun biz Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va respublikaning oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz.

 

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi. Biz:

– “Kriminalistika”, “Sud ekspertizasi”, “Korrupsion jinoyatlarni tergov qilish” va “Jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish” fanlarini o‘rganamiz, izlanishlar olib boramiz va ushbu fanlar bo‘yicha bilim beramiz;

– biz o‘quv jarayonini yuqori zamonaviy darajada tashkil qilamiz va amalga oshiramiz;

– biz talabalarni jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, ilmiy tavsiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashlari ustida ishlaymiz;

– biz talabalarda jinoyatlarni tergov qilish sohasida qiyosiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiramiz;

– jinoyatlarni tergov qilishda har qanday qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga murosasiz munosabatni shakllantirish orqali biz qonunga bo‘lgan chuqur hurmat tuyg‘ularini rivojlantiramiz;

– biz yoshlarga mustaqil ravishda taʼlim berish va bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beramiz.

 

Bizning fanlar:

 

Bakalavriatda 3 fan:

– Kriminalistika

– Sud ekspertizasi

Korrupsion jinoyatlarni tergov qilish

 

Magistraturada 2 fan:

–      Jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish;

–      Jinoyatlarni tergov qilish muammolari

 

Ilmiy salohiyat 43 %

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:

–        2 ta monografiya;

–        20 ga yaqin ilmiy maqola;

–        2 ta Scopus bazasida maqola chop etilgan.

 

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Kafedra qoshida “Ekspert”, “Kriminalist” to‘garagi hamda “Kriminalistika va sud ekspertizasi” huquqiy maktabi faoliyat yuritmoqda. Ushbu ilmiy to‘garaklar va ilmiy maktabda 100 ga yaqin talabalar jinoyatlarni tergov qilish va sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi. Kafedra xodimlari muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda qatnashib kelmoqdalar.

 Bugungi kunda kafedrada 2 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi  faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda kriminalistlar, ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.

Kafedramiz o‘qituvchilari 2 ta monografiya va 3 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.

Shuningdek, 4 nafar mustaqil izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

 

Bizning xodimlarimiz:

 

Kurbanov Marufjon Mamadaminovich

yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra mudiri v.b.

m.kurbanov@tsul.uz

Axmedova Guzalxon Utkurovna

yuridik fanlari doktori (DsC), dotsent v.b.

g.axmedova@tsul.uz

Ganiev Otabek Tursunpulatovich

yuridik fanlari nomzodi, dotsent v.b.

o.ganiyev@tsul.uz

Xamidov Baxtiyor Xamidovich

katta o‘qituvchi

b.xamidov@tsul.uz

Abdullayev Rustam Kaxramanovich

o‘qituvchi

r.abdullayev@tsul.uz

Topildieva Dilrabo Mishoxidovna

o‘qituvchi

d.topildieva@tsul.uz

Karimov Boburjon Zokirjonovich

o‘qituvchi

b.karimov@tsul.uz

 

Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:

Lavozimi

F.I.Sh.

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1

kafedra mudiri

Kurbanov M.M.

Seshanba 9.00-12.00

310

2

dotsent vazifasini bajaruvchi

Axmedova G.U.

Dushanba 9.00-12.00

310

3

dotsent vazifasini bajaruvchi

Ganiev O.T.

Chorshanba 12.00-14.00

310

4

katta o‘qituvchi

Xamidov B.X.

Payshanba 9.00-12.00

310

5

o‘qituvchi

Abdullayev R.K.

Dushanba 14.00-16.00

310

6

o‘qituvchi

Topildiyeva D.M.

Juma 10.00-12.00

310

7

o‘qituvchi

Karimov B.Z.

Chorshanba 9.00-12.00

310

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi, 310-xona

Murojaat uchun telefon raqami: 233-66-36

Elektron pochta: forensic_science@tsul.uz