Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi


Shiorimiz: Qonun ustuvorligi – adolat kafolati


Bizning maqsadimiz:

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi bakalavriat bosqichida 4 ta modul bo‘yicha: “Jinoiy odil sudlov asoslari”, “Jinoyat-protsessual huquqi”, “Jinoyat protsessida ayblov va himoya”, “Dalillar nazariyasi”, magistratura bosqichida 2 ta yo‘nalish: “Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash”, “Jinoyat protsessida advokat ishtiroki”modullari bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Biz yurtimiz va jahondagi jinoyat protsessi bilan bog‘liq jarayon va bu boradagi ilg‘or xalqaro tajriba bilan tanishish hamda sohaga oid turli me’yoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda, bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Oliy sud, Advokatlar palatasi, X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi, IIV Akademiyasi, Bojxona instituti hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va respublika oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

 

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi va bir nechta vazifalarni amalga oshiradi. Xususan:

– nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, kasbiy faoliyat yuritishga tayyor, malakaviy bakalavr va magistr mutaxassislarini tayyorlash;

– kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish hisobiga o‘quv jarayonining sifatini oshirish;

– o‘quv jarayoning uslubiy ta’minotini ishlab chiqish va takomillashtirish, o‘qitish vositalari, usullari va yangi ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, o‘quv jarayonida mashg‘ulotlarni olib borishning interfaol usullaridan keng foydalanish, ish beruvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan master-klasslar tashkil etish;

– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, prokuratura, ichki ishlar organlari, advokatura, yuridik soha bo‘yicha oliy ta’lim beruvchi boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;

– talabalarda protsessual huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– yoshlarga mustaqil ta’lim olish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun imkoniyat yaratish.

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlaridan yana biri professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb qilishdan iborat.

 

Bizning fanlar:

Bakalavriatda 4 ta fan:

1) Jinoiy odil sudlov asoslari;

2) Jinoyat-protsessual huquqi;

3) Dalillar nazariyasi;

4) Jinoyat protsessida ayblov va himoya.

 

Magistraturada 2 ta fan:

1) Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash;

2) Jinoyat protsessida advokat ishtiroki

 

 

Ilmiy salohiyat: 40 %

 

Kafedra tomonidan 2016 – 2020 yillarda:

– 14 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 21 ta monografiya, 2 ta ilmiy-amaliy grantlar, 100 dan ortiq ilmiy maqola, shulardan “Web of Science”, “Scopus” bazalarida 8 ta ilmiy maqola, 160 dan ortiq master-klasslar tashkil etilgan.

Shuningdek, Kafedra tomonidan 2020 yilning iyul oyidan:

– 1 ta xalqaro;

– 4 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.

 

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Bugungi kunda kafedrada ikkita to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:

1) “Procedure” to‘garagi “Jinoyat-protsessual huquqi”ni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilgan. To‘garak tomonidan joriy o‘quv yilining o‘zida 4 marotaba yutuqli viktorinalar o‘tkazildi. To‘garakning ro‘yxatdan o‘tgan a’zolarining soni 49 nafar, Telegram kanalidagi obunachilarining soni esa 600 nafarga yaqin.

2) “Researchers Club” to‘garagi talabalarning ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali Jinoyat-protsessual huquqi fani sohasiga oid bo‘lajak ilmiy tadqiqotchilarni tayyorlashni maqsad qilgan. To‘garakning ro‘yxatdan o‘tgan a’zolarining soni 130 nafarni, Telegram kanalida obunachilarining soni esa 1100 nafarni tashkil etadi.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 3 nafar professor, 9 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Biz talabalarda nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv seminarlarini o‘tkazish uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, vazirlik va idoralarning, advokatura va boshqa tashkilotlarning amaliyot xodimlarini muntazam ravishda jalb etamiz. Shuningdek, 12 nafar mustaqil-izlanuvchi va 2 nafar doktorant o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

Bizning xodimlarimiz: 


Bazarova Dildora Baxadirovna

kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Suyunova Dilbar Joldasbaevna

yuridik fanlari doktori (DsC),

professor vazifasini bajaruvchi

Xidoyatov Baxtiyor Batirovich

yuridik fanlari nomzodi,

professor vazifasini bajaruvchi

Obidov Rahimjon Obidovich

o‘qituvchi

Latipov Samir

Ildusovich

o‘qituvchi

Mavlanov Kamoliddin To‘ychievich

o‘qituvchi

Raximova Ulzana Xamidullaevna

o‘qituvchi

Xudaybergenov Baxram Kuanыshbaevich

o‘qituvchi

Mamatkulova Xosiyat Uralovna

o‘qituvchi

Maxmudov Sunnatjon

Azim o‘g‘li

o‘qituvchi

Uralov Sarbon

Sardorovich

o‘qituvchi

Shamsutdinov Behruz Sadriddin o‘g‘li

o‘qituvchi


Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:

T/r

Lavozimi

F.I.O.

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1.

Kafedra mudiri

Bazarova D.B

Seshanba

10:00 – 12:00

319

2.

professor vazifasini bajaruvchi

Suyunova D.J

Dushanba

11:00 – 12:50

319

3.

professor vazifasini bajaruvchi

Xidoyatov B.B

Dushanba

09:30 – 11:00

319

4.

o‘qituvchisi

Obidov R.O

Payshanba

11:30 – 12:00

319

5.

o‘qituvchisi

Mavlanov K.T

Chorshanba

10:00 – 12:00

319

6.

o‘qituvchisi

Raximova U.X

Juma

09:30 – 11:00

319

7.

o‘qituvchisi

Xudaybergenov B.K

Payshanba

09:00 – 11:00

319

8.

o‘qituvchisi

Mamatkulova X.U

Juma

14:30 – 16:00

319

9.

o‘qituvchisi

Uralov S.S

Dushanba

14:00 – 16:00

319

10.

o‘qituvchisi

Shamsutdinov B.S

Chorshanba

14:00 – 16:00

319

11.

o‘qituvchisi

Maxmudov S.A

Seshanba

14:00 – 16:00

319

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Cayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYuU 2-o‘quv binosi, 319-xona

Murojaat uchun telefon raqami: 71 233-66-36, 1158 (ichki)

Elektron pochta: d.bazarova@tsul.uz