Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Markaz haqida

Ma’naviyat va ma’rifat markazi – talabalar hayotida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ularni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik sohalariga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish, ijodiy qobiliyatini aniqlash va rivojlantirishga ko’maklashish, talabalarda mafkuraviy immunitetni hosil qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ularning faolligini oshirish, ilmiy hamda ma’naviy klublar faoliyatini rivojlantirish orqali talabalarning  darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini to’g’ri tashkil etishdan iboratdir.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi mavjud bo’limlar uch yo’nalishda faoliyat olib boradi: 

1.Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’limi

2.Talabalar bilan darsdan tashqari ishlash bo’limi

3.Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va huquqiy targ’ibot bo’limi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’limi

Ushbu bo’lim davlat tadbirlari, universitetda tashkil etilgan sana va boshqa bir qator muhim kunlarda hodim va talabalar uchun ma’naviy tadbirlarni tashkil etadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar universitetning iqtidorli talabalari hamda  ko’plab hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladi.

Universitetning “TSUL ART” jamoasi tomonidan ko’plab konsert va spektakllar namoyishi o’tkaziladi.

Talabalar bilan darsdan tashqari ishlash bo’limi

Ushbu bo’lim talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ularning jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, axborot texnalogiyalaridan keng foydalanish, kitobxonlikni va intellektual salohiyatni oshirishga qaratilgan klublar faoliyatini yo’lga qo’yadi. Klublar faoliyat samaradorligi bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi. Bu borada tegishli tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va talabalarga  musiqa va san’atning boshqa yo’nalishlari bo’yicha musiqa cholg’u asboblarini chalish, uning turli sir asnolari bilan tanishtirish, talabalarga musiqiy zavqni his qilishlariga ko’maklashish hamda musiqa san’atining turli yo’nalishlari bo’yicha talabalar guruhlarining faoliyatini yo’lga qo’yish choralarini ko’radi. 

Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va huquqiy targ’ibot bo’limi

Ushbu bo’lim iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni turli respublika va xalqaro miqyosdagi  tanlovlarga va davlat stipendiyalariga tayyorlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan tanlov va loyihalarda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning loyihalarini qo’llab-quvvatlash, universitetda turli yo’nalishlarda fan olimpiadalarini o’tkazib, joylarda huquqiy targ’ibotni amalga oshirib boradi. Bu borada xalqaro va milliy tajribani o’rganadi va faoliyatga qo’llash bo’yicha tegishli takliflar tayyorlaydi.

Bizning loyiha va tanlovlarimiz:

Miss Yurist tanlovi

Zukko kitobxon loyihasi

Huquq bilimdonlari ko’rik tanlovi

Wise intellektual turniri

Munozara intellektual o’yini

Moot court loyihasi

Onlayn sud protsessual loyihasi

Muammolar chorrahasi loyihasi


Bizning hodimlarimiz:

Markaz direktori – Pulotov Sherzod Shuxratovich

Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’limi 
boshlig’iG’aniyeva Zaxro Odil qizi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’limi 
uslubchisi –Muratov Muhriddin Xamidullo og’li

Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va huquqiy targ’ibot bo’limi uslubchisi– Musayev Qamariddin Berdaliyevich

Talabalar bilan darsdan tashqari ishlash bo’limi  
uslubchisi – Juraboyev Komil Elmurodovich

mmmarkaz@tsul.uz

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko’chasi, 35-uy, TDYU 1-o’quv binosi,  109-xona

Мурожаат учун телефон: 233-66-36, 1044 (ichki)
Eektron manzil: mmmarkaz@tsul.uz