Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Axborot-resurs markazi
Markaz haqida

Axborot-resurs markazi

Shiorimiz: Amalga oshirilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda universitet oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish.

Axborot-resurs markazining vazifasi:  Axborot-resurs markazi  — Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim sohasida yuksak maqsadlarga erishishda universitetning sherigi hisoblanadi va faoliyatning barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi: ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlashda faol ishtirok etadi.  Biz professor-o‘qituvchilar va boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda ta’lim va tadqiqot jarayoniga innovatsion va dasturiy yordam beramiz.

ARM fondining to‘plami va tarkibi

Fondni butlash jarayoni universitetning ta’lim yo‘nalishlarini, olib borilayotgan tadqiqotlarni inobatga olgan holda strategik reja bo‘yicha amalga oshiriladi.

Axborot-resurs markazi talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitetning ilmiy tadqiqotchilari va keng kitobxonlar ommasiga bibliografik hamda axborot xizmatlarini ko‘rsatadi.

Kitobxonlarga adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazish va ulardan foydalanish qulayligini yaratish maqsadida ARMAT ++ elektron dasturi asosida elektron katalog shakllantirilgan, shuningdek universitetning library.tsul.uz saytida elektron kutubxona mavjud va telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali. https://t.me/tsullibrary.

Huquqshunoslik sohasini rivojlantirishmaqsadida Axborot-resurs markazidajahon miqyosidagi ilmiy va o‘quv ma’lumotlar bazalariga: Westlaw, LexisNexis, Springer. Web of Science, Scopus, Polpred.com. huquqiy ma’lumotlar bazasi bilan shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2019-yildan boshlab Axborot-resurs markazi Xalqaro universitet kutubxonalari assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi (Dyusseldorf, Germaniya).

Bizning loyihalarimiz

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va ma’naviyatni oshirish maqsadida har yili “Eng faol kitobxon guruhi” (“Eng faol kitobxonlar” jamoa a’zolari kurslar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi ) va Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda har oyda “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi.

ARM telegram ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan kanalda har hafta "Tafakkur" viktorinasi va har xil chellenjlar o‘tkaziladi.

Bizning хodimlarimiz

Pirmedova Haytgul Muhammedovna – Axborot-resurs markazi direktori

Isxakova Nasiba Sanjarovna – direktor o‘rinbosari, axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi boshlig‘i

Kolokina Irina Vladimirovna – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri

Tolipova Malika Sahobitdinovna – elektron axborot resurslari bo‘limi mudiri

Sharipova Gulshan Asad qizi — xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi mudiri

Olimova Zebiniso Yusufovna – axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi bosh kutubxonachisi

Shamaqova Mohira Turamurotovna – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat  ko‘rsatish bo‘limi AT bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Yusupov Nozimjon Nabijonovich – elektron axborot resurslari bo‘limi AT bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Usmonaliyeva Nilufar Mamajonovna – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat  ko‘rsatish bo‘limi 1-toifali kutubxonachisi

Xolmatova Iroda Xolmat qizi – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘lim 2-toifali kutubxonachisi

Tolipova Zilola Nabiyevna – ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashlar) bo‘limi 2-toifali kutubxonachisi

Yuryev Boris Aleksandrovich – elektron axborot resurslari bo‘limi elektron kutubxona kutubxonachisi

Xolmatova Robiya Alisher qizi – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi kutubxonachisi

Nosirxo‘jayeva Dono Anvarovna – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi bibliografi

Axmetova Fotima Baxtiyor qizi – axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi bibliografi

O‘sarov Sherbek Abdumo‘minovich – ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashlar) bo‘limi uslubchisi

Bizning kontaktlar:

Bo‘lim manzili: 

Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi 12, ARM, №3 o‘quv binosi

Tel: 233-66-36,   1021

Elektron manzili: arm@tsul.uz