Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi
Markaz haqida

Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son va 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonlari, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3698-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi “Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 92-um-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan.

Markaz tarkibiy tuzilmasi: 

– Huquqiy tashabbuslar bo‘limi; 

– Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi; 

– “Legal tech” laboratoriyasi.

Markazning asosiy vazifalari:

– Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish;

– Universitet o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy faoliyati natijalarini tijoratlashtirish;

– Startaplarni qo‘llab-quvvatlash;

– Grantlarni jalb qilish;

– Axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (veb-saytlar, mobil ilovalar va dasturiy ta’minotlar) ishlab chiqqan holda yuristlar ishini yengillashtirish. 

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaz Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Akademik innovatsiyalar jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash idorasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

Bizning loyihalar:

– o‘quv jarayonini raqamlashtirish va elektron hujjat aylanishiga o‘tishni ta’minlovchi “Elektron universitet” tizimi;

– istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashuvchi “Huquqiy shahar” veb-platformasi;

– IT-startaplarni yaratish va rivojlantirish uchun “Legal Tech” laboratoriyasi;

– uzoq muddatli qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti rivojlanishining istiqbollarini ekspert bashorat qilish uchun Forsayt markazi; 

– TDYUda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan 6 ta fundamental hamda amaliy grantlar.

Bizning xodimlarimiz: 

Latipov Samir Ildusovich – Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi direktori

S.Latipov xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini huquqiy tartibga solish, “legal tech”, kriminalistika, jinoyat-protsessual huquqi sohalarida ilmiy izlanishlar olib boradi. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy ishlar, xususan 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 18 ta ilmiy maqolalar muallifi. Bundan tashqari S.Latipov tomonidan huquq sohasida 100 dan ortiq ommabop maqolalar chop etilgan.

E-mail: samir.latipov.tsul@tsul.uz

Ramazonova Nargiza Abdirashidovna – Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Ramazonova Nargiza Abdirashidovna jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika, jinoyat huquqi va kriminologiya kabi sohalarda ilmiy izlanishlar olib boradi. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy ishlar, xususan 1 ta monografiya, 2 ta risola, 1 ta axborot tahliliy material va tavsiyalar, 46 ta maqolalar muallifi.

E-mail: nargizaramazonova3@tsul.uz

Ilhom Norov – “Legal Tech” laboratoriyasining bosh mutaxassis-koordinatori.    

Yoshlar bilan ishlash agentligi tomonidan I.Norov “Yil volontyori” faxriy unvon bilan taqdirlandi. Ilhom Norov COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida aholiga tajribali shifokorlarning malakali tibbiy maslahatlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi telegram botini yaratdi. Hozirgi kunda I.Norov turli IT-loyihalar ustida ish olib bormoqda.

E-mail: norov.ilkhom@tsul.uz

O‘ktamjon To‘xtayev – Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining yetakchi mutaxassisi.

O‘.To‘xtayev elektron to‘lovlarni huquqiy tartibga solish borasida magistrlik dissertatsiyasi ustidan ish olib bormoqda.

E-mail:  userdomain1995@tsul.uz

Kamola Xaliknazarova – Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining yetakchi mutaxassisi. K.Xaliknazarova turli tadbirkorlik subyektlari yuridik xizmatlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lib, o‘z ilmiy izlanishlarini ushbu sohada davom ettirmoqda.

E-mail: khaliknazarovak2106@tsul.uz

Markaz manzili: Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi,13-uy, 3-o‘quv binosi, 229-xona. Tel: 233-66-36 (ichki 1077; 1078; 1079). 

E-mail: www.innovation.tsul@tsul.uz